Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Aholini ijtimoiy himoya qilish yo'nalishida nimalarga erishildi?

error

2023-10-23

✔️Ijtimoiy himoya tizimi takomillashtirildi

O'zbekistonning yangilangan konstitutsiyasida aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor berilgan. Endilikda davlatimizda ijtimoiy adolat tamoyili keng tatbiq qilinib, har bir inson uchun munosib sharoitlar yaratib berilishi ko'zda tutilgan. Yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyada mehnatga layoqatsiz va yolg'iz keksalar, nogironligi bo'lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasida bo'lishining belgilanganligi mazkur sohani yagona yondashuv asosida isloh qilish zarurligini taqozo etmoqda. Aynan shu sababli, 2023-yil Ijtimoiy himoya milliy agentligi tuzildi. Agentlik aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo'yicha vakolatli davlat organi etib belgilandi.  

🌐Navoiy viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi axborot xizmati.