Yangiliklar
Yangiliklar
2023-10-23
Amaldagi tartib bo'yicha ish bilan band bo'lmagan fuqaro bandlik organiga maslahat olish uchun yoki ish ishlovchi sifatida ro'yhatdan o'tish uchun murojaat qilishi lozim. Bunda, kam ta'minlanganlik toifasidan chiqish maqsadida ish bilan ta'minlanishga harakatini inobatga olib, ushbu fuqarodan rasmiy bandlik talab etilmaydi. Lekin aslida ko'pchilik fuqarolar faqatgina nafaqa tayinlanishi uchun bandlik organiga murojaat qilib, nafaqa tayinlanganidan so'ng bandlik organiga ish izlab qaytib murojaat qilmagan. Bir so'z bilan aytganda fuqarolar bandlik organiga "Isah qidirib emas, nafaqa tayinlash uchun murojaat qilmoqda" degan kelish mumkin. Birinchi navbatda odamlarimiz ishga kirishga harakat qilish ruhini kuchaytirishimiz lozim. Nafaqa faqat muhtojlarga va kambag'allikdan chiqib krtish uchun berilishini unutmasligimiz kerak. Achinarlisi, norasmiy daromad olayotgan fuqarolar ham bandlik bo'limiga "maslahat olish" uchun murojaat qilib, bolalar nafaqasi olish holatlari mavjud. Bu esa, daromadini rasmiylashtirgan bolalar nafaqasi olmaydigan oilalarning e'tirozlariga sabab bo'lmoqda. Amaldagi tartibga kiritilayotgan o'zgartirishlarga nafaqa tayinlash uchun oilaning ishsiz a'zosi ish izlab bandlik organiga murojaat qilganda 3 oy muddatda nafaqa tayinlash hamda ushbu davrda uning ish bilan ta'minlanish holatini avtomatik ravishdamonitoring qilish tizimi belgilanmoqda. Bunda ish qidirayotgan fuqaro tomonidan mehnat organlarining maqbul keladigan ishga doir takliflarini ikki va undan ortiq rad etilsa nafaqa to'xtatiladi.
Navoiy viloyat kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi axborot xizmati