Yangiliklar
Yangiliklar
2023-10-25
Endi ijtimoiy nafaqalar faqat ehiyojmandlarga beriladi
Oʻzbekistonda ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish xarajatlari YAIM (yalpi ichki mahsulot)ga nisbatan 2 baravarga oshib, kam taʼminlangan nafaqa oluvchi oilalar qamrovi 5 barobarga koʻpaydi hamda nogironligi boʻlgan shaxslar va nogironligi boʻlgan bolalarning parvarishi bilan band boʻlganlar uchun yangi nafaqa turlari joriy etildi.
So‘nggi yillarda baʼzi bir oʻziga toʻq fuqarolar ijtimoiy zaif qatlamlarga moʻljallangan nafaqadan foydalanish holatlari uchrab turibdi.
Misol uchun nafaqa olayotgan shahslar tomonidan mulk (honadonlar, avtotransport va boshqalar) harid qilish holatlari kuzatilmoqda.
Shu kabi holatlarni oldini olish va ijtimoiy nafaqalarning manzilligini oshirish hamda uni tayinlashdagi adolatlilikni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash boʻyicha elektron koʻrinishda ariza berishni joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Ushbu qaror loyihasi bilan ijtimoiy nafaqalarni tayinlash mezoniga quyidagi oʻzgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda:
Birinchidan, nafaqa oluvchilarning daromadi va mol-mulkini har oyda elektron axborot tizimi orqali oʻrganish hamda kam taʼminlanganlik mezonlariga toʻgʻri kelmaydigan oilalarni reyestrdan chiqarish taklif etilmoqda.
Ikkinchidan, bandlik organlarida maslahat olish uchun murojaat qilgan ishsiz fuqarolar uch oy davomida kasbga oʻqimasa, ishsiz sifatida roʻyxatga olinmasa hamda mehnat faoliyatini rasmiylashtirmasa, toʻlovni toʻxtatish taklif etilmoqda.
Uchinchidan, kredit olgan, tomorqa yoki dehqon xoʻjaligini yuritish bilan shugʻullanuvchi shaxslar Soliq organlarida rasmiy roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi hamda xorijda ishlayotgan shaxslar Davlat personallashtirish markazining elektron maʼlumotiga asosan avtomatik ravishda bandligini aniqlash tartibi joriy etilmoqda.
Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi axborot xizmati