Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Korrupsiya_taraqqiyot_kushandasi mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

error

2023-10-25

✅ Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi shahar (tuman) bo'limlarida tadbirlar bo'lib o'tmoqda.  Xususan, Konimex, Nurota hamda Gazg'on shahar (tuman) Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish  bo'limi xodimlari hamda mahalla hokim yordamchilari ishtirokida "Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi" muvzusida seminar bo'lib o'tdi.

✅ Mazkur tadbirda viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi komplayens nazorat bo'limi boshlig'i A.Xojamshukurov hamda bosh yuristkonsulti O.Toshpulatovlar qatnashib, seminar davomida ishtirokchilarga noqonuniy yo'llar bilan shaxsiy manfaatdorlik evaziga moddiy daromad orttirish yoki o'z vakolatlarini suiste'mol qilish, oxir-oqibat sodir etilgan korrupsiyaning zararli oqibatlari va ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan javobgarlik xususida hayotiy misollar asosida tushuntirishlar berib o'tdi. 

🌐Navoiy viloyat Kambag'allikni qisqartirsh va bandlik bosh boshqarma axborot xizmati