Yangiliklar
Yangiliklar
2023-10-25
☑️ Korrupsiya ma’naviy nuqtai nazardan axloqsizlik va illat, huquqiy jihatdan jinoyat hisoblanadi. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kеladi. Shu bois unga qarshi kurash muhim ahamiyat kasb etadi.
✔️Ayni maqsadda viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi komplayens nazorat bo'limi boshlig'i A.Xojamshukurov hamda bosh yuristkonsulti O.Toshpulatovlar, Karmana tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limida bo'lib, bo'lim xodimlari hamda mahalla hokim yordamchilari ishtirokida "Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi" muvzusida seminar o'tkazildi.
📎 Tadbir ishtirokchilariga korrupsiyani oldini olish, bu illatga yo'l qo'ymaslik, unga qarshi keskin kurashish lozimligi ta'kidlandi.
🌐 Navoiy viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi axborot xizmati