Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

IJTIMOIY NAFAQA ENDI EHTIYOJMANDLARGA BERILADI

error

2023-10-26

🟢Jahon bankining tadqiqotiga koʻra, Oʻzbekistonda 2022-yilda ijtimoiy himoya dasturlari doirasida nafaqa olganlarning 5,6% oʻziga toʻq va 12,5% oʻrta ahvoldagi oilalar ekanligi aniqlangan. Shundan kelib chiqib, 2022-yilda jami nafaqa oluvchi oilalarning 18,1%  haqiqatda ijtimoiy yordamga muhtoj boʻlmagan oilalar hisoblanadi.

🟢Shularni inobatga olgan holda, nafaqa tayinlashda inson omilini kamaytirish va mablagʻlarni maqsadsiz sarflanishini oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash boʻyicha elektron koʻrinishda ariza berishni joriy etish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi ishlab chiqildi.

➡️Mazkur qaror nafaqalar tayinlash mezonlarini takomillashtirib, boqimandalikni oldini olish va manzilli yordam koʻrsatishga qaratilgan.

Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi axborot xizmati