Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#SAYYOR QABUL

error

2023-10-26

✔️Aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida Navoiy Viloyati hokimi  N.Tursunov boshchiligida "Yangihayot" mahallasida sayyor qabul o'tkazildi.

🔹Mazkur sayyor qabulda  100 nafarga yaqin aholi qatnashgan bo'lib, 10 nafardan ortiq fuqarolar murojaati  Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i  L.Xayrullayev tomonidan masalalari ko'rib chiqildi.

🔹Murojaat qilgan 11 nafar ish bilan band bo'lmagan fuqarolarni doimiy ishlarga jalb etish masalasi nazoratga olinib ijroga yo'naltirildi, 2 nafar fuqaroga esa huquqiy tushuntirishlar berildi.

🔹Qabuldan so'ng mazkur mahalla ahli uchun yangi barpo etilishi rejalashtirilgan  mahalla binosini joyida borib  qurilish loyihasi bilan tanishdi hamda  ushbu mahalla binosi yonidan xizmat ko'rsatish faoliyatlarini yo'lga qo'yish bo'yicha tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi.

Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi axborot xizmati