Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

# "Yashil_makon" umummilliy loyihasi davom etmoqda

error

2023-10-28

✔️ Ayni kunlarda Respublikamiz bo'ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida yashil bog'lar barpo etilmoqda. Jumladan, Karmana tumanidagi "Yangiobod" mahalla fuqarolar yi'g'ini binosi atrofi hamda ko'chalarda bo'sh turgan yerlarga keksa avlod vakillari va mahalla beshligi  tomonidan mevali hamda manzarali daraxtlar o'tqazildi. Ushbu jarayonlar dastlab nuroniylar duolari bilan boshlandi. 

🟢 "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Navoiy viloyatida mavjud 330 ta mahalla fuqarolar yig'inlarida 634 600 tup turli xil daraxt ko'chatlari ekish rejalashtirilgan. Viloyatimizda bugungi kunga qadar mazkur loyiha bo'yicha 64 600 tup daraxt ko'chatlari o'tqazildi. Ushbu xayrli ishga barcha mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.  

Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi axborot xizmati