Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#MAHALLA RAISLARI VA HOKIM YORDAMCHILARINING BOGʻI TASHKIL ETILDI

error

2023-10-31

🟢 Joriy yilning 11-oktyabr kuni Prezidentimiz turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatini to'liq ishga solish, “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumini tashkil etish masalalari yuzasidan o'tkazgan videoselektor yig'ilishida aholining daraxt ekishga bo'lgan qiziqishini oshirish va rag'batlantirish ishlarini yanada kuchaytirish zarurligini ta'kidlagan holda  tashkilot va muassasalar hududida ko'chatlar ekish zarurligini ta'kidlagan edi.

🟢 Xususan,  Karmana tumanidagi "Sardoba" MFY hududida  Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i L.Xayrullayev boshchiligida bosh boshqarma va tuman bo'limi xodimlari hamda tumandagi barcha mahalla raislari, hokim yordamchilari, keksa avlod vakillari ishtirokida 1 gektar yer maydoniga 300 yaqin manzarali va mevali daraxt ko'chatlari ekib "Mahalla raislari va hokim yordamchilari bog‘i" barpo etildi.

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati