Yangiliklar
Yangiliklar
2023-11-02
✔️ Joriy yilning 1-noyabr kuni, tumandagi band bo'lmagan xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida tumandagi “Aqtov” hamda “Tomdibuloq” OFY ishsiz fuqarolarini jalb qilgan holda, Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish tuman bo'limida "bo‘sh ish o‘rinlari" mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
✅ Mazkur mehnat yarmarkada 25 nafar ishsiz xotin-qizlar qatnashib, shundan 5 nafar xotin-qizlar ustoz shogirt asosida kasb o'rganishi uchun o‘qishga yo‘llanmalar berildi, 1 nafar ish bilan ta’minlandi, 19 nafar fuqaroga mehnat qonunchiligi yuzasidan huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.
🌐Bosh boshqarma axborot xizmati
Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing