Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

➡️ Navbatdagi Siyosiy-ma'rifat soati

error

2023-11-10

🔹Haftaning har juma kuni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan  vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va shuningdek, barcha shahar va tumanlar hokimliklari hamda boshqarma va tashkilotlar xodimlari uchun siyosiy ma’rifat soati tashkil etilmoqda.

🔹Bugun 10-noyabr kuni navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” boʻlib oʻtdi. Unda bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzularidan: "Yashil makom" umummilliy loyihasi doirasida 2023-yil kuzgi ko'chat ekish tadbirlarini amalga oshirish bo'yicha ustuvor vazifalar mavzusi, Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun sizni aqilliroq qiluvchi odatlar deb nomlangan video lavha namoyishi,   “Konstitutsiyaviy savodxonlik”  va “Mutolaa vaqti” rukni  hamda Oʼzbekiston va xorijdagi muhim yangiliklar haqida ma'lumot beruvchi o'quv soatida Navoiy viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi barcha xodimlari ishtirok etishdi.

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati