Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH / #DAVRA SUHBATI

error

2023-11-13

✔️Korrupsiya –taraqqiyot kushandasi

📖 Joriy yil 12-yanvarda Prezidentimizning “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔹 Ayni maqsadda Xatirchi tuman hokimligida, viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i L.Xayrullayev, bosh boshqarma komplayens nazorat bo'limi boshlig'i A.Xojamshukurov hamda bosh yuristkonsulti O.Toshpulatovlar ishtirokida "Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi" muvzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

🔹 Unda tumandagi barcha mahalla hokim yordamchilari ishtirok etishdi.Tadbir ishtirokchilariga manfaatlar to‘qnashuvi, mahalliychilik, guruhbozlik, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyat va huquqbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik,  haqida ta’kidlandi.

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati