Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

XATIRCHIDA MAHALLANING YANGI BINOSI FOYDALINISHGA TOPSHIRILDI

error

2023-11-15

✔️ Tumanning 1 sektor hududidagi “Novja” MFY yangi binosi “Bektosh” MChJ tomonidan 980 million so'm mablag' evaziga bunyod etildi. Qurib bitkazilgan binoda “Mahalla beshligi” va fuqarolar uchun barcha sharoit yaratilgan.  

✅  Mazkur mahallada 411 ta xonadonda 520 oila mavjud bo'lib, 1871 nafar aholi istiqomat qiladi. Yangi binoda  mahalla beshligi ish olib borishi uchun barcha sharoit va qulayliklar mavjud. 

✅ Mahalla binosining ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi o'rinbosari Ulug'bek Muxammadiyev hamda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov, viloyat Kamg'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i L.Xayrullayev ishtirok etdi va yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati