Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Jamoani shakllantirish va jamoa bilan ishlashda nimalar muhim

error

2023-11-17

📎 Bugun Navoiy viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida “Jamoani shakllantirish hamda jamoa bilan ishlash” mavzusida bo'lib o'tgan seminar treningda ushbu savollarga javoblar  berildi.

 🔹 Muloqot davomida jamoaga rahbarlik qilish bu mas'uliyatni bo'yinga ola bilish, birdamlik bilan harakatlanish kabi mehnat faoliyati samaradorligini oshiruvchi omillarga alohida e'tibor qaratilib, qiyin vaziyatlarda, deylik, raqobat kuchli muhitda boshqaruv, tashkilotchilik va o'zaro munosabatlarni qurishning muhim jihatlari tahlil etildi.

🔹 Mazkur treningdan ko'zlangan asosiy maqsad, ma'muriy islohotlardan so'ng qayta tashkil etilgan boshqarmalarda xodimlarning shaxsiy kompetentsiyalarini rivojlantirish, jamoaviy ishlash, faoliyatni tashkil etishda natijadorlikka erishishga xizmat qiladigan va davlat xizmatchilari uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarni rivojlantirishdan iborat.

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati