Yangiliklar
Yangiliklar
2023-11-17
✔️ "18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun" munosabati bilan viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Muqaddasdir Vatan bayrog‘i" mavzusidagi seminar bo‘lib o‘tdi.
🔶 Tadbirda viloyat Adliya boshqarmasi bo'lim boshlig'i D.Kattayeva tomonidan 1991-yil 18-noyabr kuni"O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida"gi Qonunni mazmun-mohiyatini hamda qonun hujjatlarining xar bir moddasi yuzasidan tushuntirishlar berdi. O‘zbekiston bayrog‘i - xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlashini ta’kidlab o‘tdi.
🌐Bosh boshqarma axborot xizmati
Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing