Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#SAYYOR_QABUL

error

2023-11-17

FUQAROLAR MUROJAATLARI YECHIM TOPMOQDA

✏️ Bugun Karmana tumani "Ko'hna Qo'rg'on" mahallasida aholi murojaatlarini tinglash va ularning muammolarini hal qilish maqsadida sayyor qabul o'tkazildi.

 ✅ Unda Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i L.Xayrullayev hamda Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Djo'rayev tegishli mas'ullar ishtirok etishdi.

✅ Inson qadrini ulug‘lash, xalqimizni rozi qilish, muammolarga oqilona yechim topish maqsadida tashkil qilingan sayyor qabulda, fuqarolardan turli yo‘nalishlarda 20 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi.

✅ Aholidan yo'llangan har bir murojaat atroflicha oʻrganib chiqildi. Ularning aksariyati joyida bartaraf etildi. O‘rganish va muddat talab qiladigan murojaatlar esa nazoratga olinib, tegishli mas’ullarga ularni o‘rganib, hal etish bo‘yicha ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati