Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#JARAYON #YASHIL MAKON

error

2023-11-21

"YASHIL MAKON": EZGU TASHABBUS KARMANADA QULOCH YOZDI

✔️ Bugun viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bosh boshqarmasi tashabbusi bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Karmana tumanidagi "Mir Said Bahrom" maqbarasi atrofida 250 ga yaqin turli mevali ko'chatlar hamda "Mir Said Bahrom" mahallasi hududida bo'sh turgan yer maydonlariga 150 dan ortiq manzarali daraxt ko'chatlari o'tqazildi.

✅ Tadbirda erta tongdan  viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i L.Xayrullayev, tuman bo'lim boshlig'i S.Baxronov,  "Mir Said Bahrom" MFY beshligi hamda mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib o'z hissalarini qo'shishdi.

✅ Tabiatni, yashil olamni ko‘z qorachig‘idek asrash milliy qadriyatlarimizga xos odat, - deydi  viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i L.Xayrullayev.

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati