Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Ichimlik suvini tejash bo'yicha targ'ibot tadbiri tashkil etildi

error

2023-11-23

✔️ Davlatimiz rahbari ilgari surgan suvni tejash to'g'risidagi topshiriqlarini joylardagi nuroniylar jamoatchilik guruhlari tomonidan targ'ibot ishlarini keng ko'lamli va samarali tashkil etilishini ta'minlash maqsadida Navbahor hamda Konimex tuman hokimligida "Nuroniy" jamg'armasi Navoiy viloyat bo'limi raisining o'rinbosari S.T.Istamov, viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi bo'lim boshlig'i Yu.B.Eshmurodov ishtirokida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

☑️ Unda MFY raislari "Keksalar maslahati" guruhi rahbarlari va  mahalla faollari, aloqador tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.Tadbirda ichimlik hamda oqava suvini tejash va undan  maqsadli foydalanishni, aholiga va ayniqsa yosh avlod ruhiyatiga singdirish, ariq-zovurlarni tozalash, zamonaviy suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish borasida so'z yuritildi.

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati