Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Korrupsiyaga qarshi kurash

error

2023-11-30

#Korrupsiyaga qarshi kurash

🔸 20 noyabrdan 20 dekabrga qadar davom etayotgan "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida Karmana  tuman hokimligida  Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish tuman bo'limi tomonidan bo'lim xodimlari, Mahalla raislari, hokim yordamchilari ishtirokida davra suhbat tashkil etildi. 

🔸Tizimda korrupsion holatlarga qarshi kurashish va ta'magirlik holatlariga murosasiz munosabatda bo'lish, doimiy ravishda ogoh va xushyor bo'lish, davlat xizmatchisiga mos ravishda bunday illatlarga doimiy ravishda yo'l qo'ymaslik masalasi asosiy kun tartibida bo'ldi.

✔️ Agar siz sohada qonunbuzarliklar yoki korrupsiyaviy xatti-harakatlarga guvoh bo‘lsangiz, quyidagi havola orqali bizga xabar bering🔽

✏️ @anticorruption_mepr_bot

Yoki Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining 

☎️(79)-224-23-00

ishonch telefoniga qo'ng'iroq qiling📞

(Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi)

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati