Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Korrupsiya_taraqqiyot_kushandasi

error

2023-12-04

  Qaysiki jamiyat korrupsiya illatidan xoli  bo'lsa unda taraqqiyot davomiy tarzda yuksaladi. Bugun  biz yashayotgan davlatning bosh maqsadi ham korrupsiyaga barham berish barchani unga qarshi  kurasha oluvchi eng muhim jihatlarini shakllantirishdan iboratdir.

 🔸 Shu bois  20-noyabrdan 20-dekabrga qadar o'tkazilayotgan "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida davra suhbatlari tizimli ravishda o'tkazilib borilmoqda. Xususan, Navbahor tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi tomonidan hokim yordamchilari ishtirokida "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🔹Unda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish dolzarb masala ekanligi. Bu borada nafaqat mas'ul idoralar balki keng jamoatchilik ham hamjihat ham fikr bo'lishi maqsadga muvofiqligi,  korrupsiyaga holatlariga yo'l qo'ymaslik, lozimligi xususida so'z bordi.

✔️ Agar siz sohada qonunbuzarliklar yoki korrupsiyaviy xatti-harakatlarga guvoh bo‘lsangiz, quyidagi havola orqali bizga xabar bering🔽

✏️ @anticorruption_mepr_bot

Yoki Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining 

☎️(79)-224-23-00

ishonch telefoniga qo'ng'iroq qiling📞

(Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi)

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati