Yangiliklar
Yangiliklar
2024-01-04
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi ijtimoiy to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o‘tkazildi:
1️⃣ Yoshga oid nafaqa;
2️⃣ Boquvchisini yo'qotganlik nafaqasi;
3️⃣ O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakiliga nafaqa;
4️⃣ Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa (1 va 2-guruh, 18 yoshdan katta);
5️⃣1 va 2-guruh nogironlari uchun nafaqa;
6️⃣ Kam ta'minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi;
7️⃣ Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam;
8️⃣ Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa (“Suyunchi puli”);
9️⃣ Dafn qilish uchun nafaqa (“Dafn puli”).
Bunda, ijtimoiy to‘lovlar uchun ariza berish, ularni ko'rib chiqish, tayinlash va to'lashning amaldagi taribi saqlab qolingan holda, endilikda fuqarolar mazkur ijtimoiy to'lovlar bilan bog'liq barcha savollariga tuman yoki shaharlardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (https://ihma.uz/uz/bosh-sahifa/)ga murojaat qilishlari mumkin ekanligini ma’lum qilamiz.
🗺Navoiy viloyatining barcha tuman va shaharlardagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlarining manzillari 👇
📍 Navoiy shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi (https://maps.app.goo.gl/XaL8peenstNyfYT38)
📍 Karmana tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi (https://maps.app.goo.gl/mSmymKst6wkWTUjx8)
📍 Navbahor tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi (https://maps.app.goo.gl/SFMULKNw14ec1Tks6)
📍 Konimex tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi (https://maps.app.goo.gl/utorVcKJDhhN9g9Z8)
📍 Qiziltepa tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi (https://maps.app.goo.gl/3NU4phkk8yrwKQrA7)
📍 Nurota tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi (https://maps.app.goo.gl/hjmYpEw5Xcr2hD1YA)
📍 G'ozgon shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi (https://maps.google.com/maps?q=40.587272,65.488391&ll=40.587272,65.488391&z=16)
📍 Xatirchi tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi (https://maps.google.com/maps?q=40.040996,65.957048&ll=40.040996,65.957048&z=16)
📍 Tomdi tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi (https://maps.app.goo.gl/RsjMFGeTTkiPQogf9)
📍 Zarafshon shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi (https://maps.app.goo.gl/jbMTECekFTXZhcAs8)
📍 Uchquduq tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi (https://maps.app.goo.gl/HsJnxfWuzgYaa5xV7)