Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

“Obod mahalla, obod ko'cha, obod xonadon" tamoyili doirasida fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etilmoqda

error

2024-01-22

“Obod mahalla, obod ko'cha, obod xonadon" tamoyili doirasida fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etilmoqda

Mamlakatimiz rahbarining tashabbusiga asosan hududlarda tanlab olingan mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ana shunday manzillardan biri – Karmana tumanidagi "Yangi ariq" mahallasidir.  

“Obod xonadon", "Obod ko‘cha", "Obod mahalla" dasturlari ijrosi mahalla hududidagi xonadonlarnining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida barcha birdek kirishgan. Mazkur mahallada dastur doirasida hududdagi 224 ta eski sim yog‘ochlar temir-beton tayanchlarga almashtirilib, 5,5 km elektr tarmoqlari yangilanadi hamda qo‘shimcha 1 dona transformator punktining quvvati 160 kVAdan 250 kVAga oshiriladi.

Ayni damda temir-beton tayanchlarni tiklash ishlari olib borilmoqda.

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati