Yangiliklar
Yangiliklar
2024-01-30
📎 Bugun Karmana tuman hokimligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi “2024-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-7 sonli qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan hokim yordamchilari uchun amaliy seminar bo'lib o'tdi.
📝 Unda Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i L.Xayrullayev, tuman hokimi V.Adizov boshchiligida Respublika ishchi guruhi hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig'i M.Xamroyev, hokim yordamchilari, iqtisodiy kompleksga kiruvchi tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
✔️ Seminarda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida beriladigan kreditlar bo'yicha yangi imtiyozlar va o'zgarishlarning mohiyati, kasanachilikni rivojlantirish faoliyatini yanada kengaytirishiga ko'maklashish, o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tish tartibi, faoliyat yo'nalishlari va imkoniyatlari, hududlarda xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yanada ko‘paytirish, aholi bandligini ta'minlash kabi 10 ga yaqin mavzularda ma'ruzalar va taqdimotlar qilindi.
🔸 Shuningdek, seminar davomida, shtirokchilarni qiziqtirgan savollariga masʼullar tomonidan batafsil tushunchalar berildi, barcha hokim yordamchilariga aholi bandligini taʼminlashda tadbirkorlar va tegishli tashkilot vakillari bilan muntazam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish lozimligi taʼkidlandi.
🔸 Shu bilan birga, bu borada barcha tegishli masʼullarga ham taklif va tavsiyalar berildi.
🌐Bosh boshqarma axborot xizmati