Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Aholi murojaatlari ijobiy hal etilmoqda

error

2024-02-19

Navoiy viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i L.Xayrullayev tegishli mas'ullar ishtirokida Zarafshon shahridagi   "Arel konfeksiyon" МCHJ tekstil qo'shma korxonasida bo'lib xorijlik investor bilan suhbatda bo'ldi.

Unda mazkur korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalarni berdi.

Jarayon davomida L.Xayrullayev Zarafshon shahrida o'tkazgan sayyor qabulida, ish so'rab murojaat qilgan fuqarolarning 3 nafarini mazkur korxonaga doimiy ishga joylashtirildi. Endilikda olis hududdagi fuqarolarning ham murojaatlari joyida hal etilmoqda.

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati