Yangiliklar
Yangiliklar
2024-02-19
➡️ Bugun Qiziltepa tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi xodimlari hamda tumandagi hokim yordamchilari ishtirokida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.
✔️ Korrupsiya har qanday davlatni tanazzulga yetaklaydigan illat. Shu bois unga qarshi kurash butun dunyoda global, e’tibordagi masalaga aylangan.
🔸 Tadbirda poraxo‘rlikka qarshi kurashishning eng to‘g‘ri, samarali yo‘li uning oldini olish ekanligi ta’kidlandi. Har bir xodim bu muhim vazifani o‘zi va mehnat qilayotgan jamoasidan boshlashi zarurligi tushuntirildi.
🔸 Har qanday korrupsion holat nafaqat jinoyat, balki jamiyat, davlat taraqqiyotiga rahna soladigan jiddiy muammo.
✏️ Uchrashuvda mavzuga oid fikr-mulohazalar bildirildi.
🌐Bosh boshqarma axborot xizmati
Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing