Yangiliklar
Yangiliklar
2024-04-20
📝Bugun Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i Lutfullo Xayrullayev hamda tegishli mas'ullar bilan birgalikda Navbahor tumani "Qorovultepa" mahallasida aholi bandligini ta'minlash va daromadlarini oshirish boʻyicha xonadonbay oʻrganish jarayonlari davom etmoqda.
✅ O'rganish jarayonida mahallaga biriktirilgan tijorat bank mas’uli, hokim yordamchisi ko‘magida saralangan xonadonlarda daromad manbaini yaratish, tomorqa madaniyatini shakllantirish, sabzavot-poliz mahsulotlari yetishtirish, ko‘chat o‘tqazish borasida tavsiyalar berildi.
✅ Shuningdek hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, qolaversa, aholiga savdo va xizmati ko‘rsatish, bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish va bu orqali daromadga ega bo'lish kelgusida tadbirkorlikni rivojlantirish turmush faravonligini ta'minlash bo'yicha aholiga tushuntirishlar olib borildi.
🌐Bosh boshqarma axborot xizmati