Yangiliklar
Yangiliklar
2024-04-04
Ijtimoiy tarmoqlarda «Navoiy Elektrosetdagi mojaro qachon tugaydi? xodim nohaq ishdan olinganmi?» sarlavha ostida videolavha tarqalgan edi.
Mazkur videolavhada Navoiy viloyati Xatirchi tumani Elektr taʼminot korxonasida faoliyat yuritgan E.Uraqov ishdan nohaqlik bilan boʻshatilganligi xususida soʻz yuritib oʻtilgan. Taʼkidlanishicha, tashkilotning rahbariyati xodimga nisbatan xusumati borligi, sud tomonidan nohaq qaror chiqargani aytilganligi xususida tarqatilgan xabar yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganish davomida aniqlandiki,
Fuqaro E.Uraqov “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ning 18.02.2013-yildagi 12-sonli buyrugʻiga asosan Xatirchi ETK jismoniy shaxslar boʻyicha nazoratchi vazifasiga ishga qabul qilingan.
07.05.2013-yildagi 21-sonli buyrug'iga asosan Xatirchi ETK “Zarafshon” ustolik joyi elektromontyori vazifasiga oʻtkazilgan.
02.10.2014-yildagi 110-K-sonli buyrug'iga asosan Xatirchi ETK “Zarafshon-1” kompleks brigadasi taqsimlovchi elektr tarmoqlaridan foydalanish, ularga xizmat koʻrsatish va isteʼmolchilar bilan ishlash boʻyicha elektromontyori vazifasiga oʻtkazilgan.
25.01.2017-yildagi 10-K-sonli buyruqga asosan Xatirchi ETK “Zarafshon” kompleks brigadasi taqsimlovchi elektr tarmoqlaridan foydalanish, ularga xizmat koʻrsatish va isteʼmolchilar bilan ishlash boʻyicha elektromontyori vazifasiga oʻtkazilgan.
16.10.2017-yildagi 581-K-sonli buyrugʻiga asosan Xatirchi ETK Zarafshon ustolik joyi taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish va xizmat koʻrsatish elektromontyori vazifasiga oʻtkazilgan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filialining 21.07.2023-yildagi
328-sonli buyrugʻiga asosan “Ichki tartibi qoidalari”ning 3.5.9, 3.5.10, 3.5.11-bandlarida koʻrsatilgan nojuya ishlarga yoʻl quyganligi uchun E.Uraqov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 21.07.2023-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining
161-moddasi 2-qism 5-bandiga asosan bekor qilingan.
Shundan soʻng E.Uraqov “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filialiga nisbatan FIB Xatirchi tuman sudiga daʼvo ariza taqdim etib, ishga tiklash, majburiy progul vaqti uchun haq toʻlash va moddiy-maʼnaviy zararni undirishni soʻragan. Mazkur sudning 2023-yil 30-oktyabrdagi hal qiluv qarori bilan E.Uraqovning daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etilgan.
Daʼvogar E.Uraqov tomonidan FIB Xatirchi tuman sudining hal qiluv qaroriga nisbatan kiritilgan apellyatsiya shikoyati Navoiy viloyat sudi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 26-dekabrdagi ajrimi bilan qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.
Shundan soʻng E.Uraqov sud qarorlariga nisbatan kassatsiya shikoyati berish huquqi mavjudligini bila turib, ushbu huquqdan foydalanishdan oldin sudga bosim qilish maqsadida, ijtimoiy tarmoqlar orqali oʻz noroziligini bildirgan.
Navoiy viloyat Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi
Axborot xizmati.