Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#imtiyoz

error

2024-04-04

#imtiyoz

Yangi ish o‘rni yaratganlarga soliqdan imtiyoz bor

 “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlar ayrim soliqlarni yaratgan yangi ish o‘rinlariga qarab quyidagi muddatlarda bo‘lib to‘lashi mumkin:

 (https://lex.uz/pdfs/6862165)👉51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – 3 oygacha;

👉101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – 6 oygacha;

👉200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratilganda –12 oygacha.

Shuningdek, dasturga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘ini 2025-yil 1-yanvargacha quyidagi miqdorda pasaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi:

👉51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – belgilangan soliq stavkasining 50 foizi;

👉 101 dan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – belgilangan soliq stavkasining 75 foizi;

👉200 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilganda – ushbu soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.