Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Prezident Farmoniga asosan xorijga vaqtincha ishlash uchun ketayotgan yurtdoshlarimizning imtihon, viza hamda yo‘l chiptasi xarajatlari qoplab beriladi

error

2024-04-07

2024-yil 1-iyundan boshlab "Xorijda ish" (https://xorijdaish.uz/) mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan  fuqarolarga:

👉xorijiy tillar va kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini  topshirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda va sertifikat olinganda BHMning 3 baravarigacha; 

👉"Ishchi viza" ni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun BHMning 5 baravarigacha;

👉Yo‘l chiptasi uchun BHMning 2 baravarigacha miqdorda kompensatsiya to‘lanadi.