Yangiliklar
Yangiliklar
2024-04-09
🔰Hozirgi kunda O'zbekiston hududida:
🔹mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so'm;
🔹bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so'm;
🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so'm;
🔹yoshga doir eng kam pensiya – 725 000 so'm;
🔹nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 800 000 so'm;
🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so'm;
🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 so'mdan) 800 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 800 000 so'm;
🔹zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 621 000 so'm;
🔹ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 621 000 so'm.