Yangiliklar
Yangiliklar
2024-04-08
📎 Bugun Karmana tumanidagi Mirsaid Bahrom MFY hududida joylashgan Karmana kasb- hunar maktabida ishsiz aholi bandligini ta'minlash maqsadida Karmana tuman hokimligi hamda Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish tuman bo'limi hamkorligida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi.
📝 Mazkur yarmarkada tumandagi 18 ta korxona va tashkilot hamda xususiy sektorlar o'zlarida mavjud 60 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.
📝 Yarmarka davomida 80 dan ortiq fuqaro ishtirok etdi. Shundan 16 nafar fuqaroga doimiy ishga joylashishi uchun yo‘llanmalar berilib, 2 nafari haq to'lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi. Shuningdek, 12 nafar fuqaroga Navoiy shahridagi "Ishga marhamat'' monomarkaziga kasbga qayta tayyorlash uchun yo‘llanmalar ajratilib, qolgan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
🌐Bosh boshqarma axborot xizmati