Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASI BO‘LIB O‘TDI

error

2024-04-09

✔️ Bugun Navbahor tumanida 1-sektor hududidagi 11-sonli musiqa maktabida  tuman hokimligi va Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish tuman bo'limi hamkorligida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🔹 Unda  aholini ish  bilan band bo'lmagan qatlami ya'ni, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishiga qodir bo'lmagan shaxslar, yoshlar daftari hamda ayollar daftardagi va ish qidiruvchi ishsiz fuqarolar qamrab olindi.

🔹 Mazkur yarmarkada tumandagi 37 ta korxona va tashkilotlar hamda xususiy tadbirkorlik subyektlari o'zlarida mavjud 100 dan ortiq bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etdi.

🔹 Tadbir davomida 30 dan ortiq fuqarolarga ishga joylashish uchun shu yerning o'zida Kambag'allik va bandlikka ko'maklashish bo'limi xodimlari tomonidan yo'llanmalar berildi.

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati