Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Аholini roʼyxatga olishda kimlar hisobga olinadi?

error

2022-07-20

Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabridagi “Oʼzbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qaroriga muvofiq respublikamizda 2023- yilning 1-25 noyabr kunlari aholini roʼyxatga olish tadbiri amalga oshiriladi.

Аholini roʼyxatga olish tadbiri davomida Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari, doimiy yoki vaqtincha yashovchi yoxud vaqtincha Oʼzbekiston Respublikasida boʼlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslar, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, ammo aholini roʼyxatga olish davrida vaqtincha xorijiy davlat hududida boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari respondent sifatida roʼyxatga olinadi.

Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari xodimlari boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ularning oʼzi bilan birga boʼlgan oila aʼzolari, shu jumladan Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlardagi kvotalangan lavozimlarga yuborilgan fuqarolar Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan roʼyxatga olinadi.

Shu bilan birga, aholi soni va uning tarkibini hisoblashda bir yildan ortiq muddatda mamlakat hududida boʼlmagan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet davlatlar doimiy vakolatxonalarining, xalqaro, hukumatlararo tashkilotlar va chet davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining xodimlari boʼlgan chet el fuqarolari hamda ularning oila aʼzolari, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq diplomatik imtiyozlarga va immunitetga ega boʼlgan boshqa shaxslar hisobga olinmaydi.

Respondentlar oʼzining (doimiy yoki vaqtincha) yashash joyi boʼyicha roʼyxatga olinadi. Bu joy respondent roʼyxatdan oʼtgan (roʼyxatga qoʼyilgan) manzil bilan mos kelishi yoki mos kelmasligi ham mumkin.

Аholini roʼyxatga olish tadbiri davomida Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya aholini roʼyxatga olishni oʼtkazishga jalb etilgan shaxslarning xavfsizligini, jinoyatchilik koʼp uchraydigan hududlar va tarbiyasi ogʼir oilalar roʼyxatlari shakllantirilishini, oʼz xodimlarining roʼyxatga oluvchi xodimlar bilan birgalikda roʼyxatga olish jarayonida ishtirok etishini, aholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish davrida hududlarda tinchlik va osoyishtalikni, jamoat tartibini, fuqarolar xavfsizligini taʼminlaydi.


Nurota tumani Roʼyxatga olish boʼlimi