Yangiliklar
Yangiliklar
2024-04-15
#hisobot
✔️ Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi tomonidan 2024 yil yanvar-mart oyi davomida korxona va tashkilotlarda 190 ta tekshirish va o'rganishlar o'tkazildi bo'lib, ushbu tekshirish va o'rganishlar davomida 230 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi. Qonun buzilishga yo'l qo'ygan 54 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan ma'muriy jarimalar qo'llanildi.
🔹172 marta huquqiy targ'ibot va tushuntirish ishlari olib borilib, ushbu targ'ibot va tushuntirishlarda 3757 nafar fuqarolarning ishtiroki ta'minlandi.
🔹 Inspeksiyaga 2024-yilning o'tgan davr davomida 123 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, ushbu murojaatlardan 107 tasi qanoatlantirilgan, 10 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirish berilgan, 6 ta murojaat tegishliligi bo'yicha boshqa tashkilot va idoralarga yuborilgan.
🔹Shuningdek ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlardan qarzdorligi mavjud 21 ta tashkilotlar aniqlanib 219 nafar ishchi xodimlarning ish haqi va unga tenglashtirilgan pullari undirib berildi.
🌐Bosh boshqarma axborot xizmati