Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

error

2024-04-17

📝 Mamlakatimizda joriy yilda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha katta marra va muhim vazifalar belgilab olingan. 2024-yilning yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili, deb e’lon qilinishi ham yoshlarga bo‘lgan katta e’tibor namunasidir.

Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i Lutfullo Xayrullayev, Navbahor tumanidagi "Sarbozor" mahallasida  Probatsiya hisobida turgan nazorat ostidagi yoshlar bilan suhbatda bo'ldi.

Uchrashuv avvalida, hozirgi kunda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida to'xtalib mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida tushunchalar berib o'tdi.

Jarayonda boshqarma boshlig'i  yoshlarni bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka jalb etish  bo'yicha tavsiyalarini berdi. Shuningdek o'zini-o'zi band qilish istagida bo'lgan hudud yoshlarining tashabbuslari qo'llab-quvvatlandi. 

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati