Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

“Xorijga ish — mahalladan” yoxud xorijdan qaytganga ish mahallada

error

2024-04-22

Aytish kerakki, Prezidentimizning yaqinda e’lon qilingan PF-59-son (https://lex.uz/docs/6868721) Farmoni bilan xorijda vaqtincha ishlash istagida boʻlgan yurtdoshlarimizni chet davlatlarga tashkiliy, xavfsiz yuborish boʻyicha aniq mexanizmlar belgilab berilgan. 

Shu kunlarda vazirlik ishchi guruhlari hududlarda boʻlib Farmon talablari asosida ishni tashkil qilmoqda.

Xususan, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra'no Turdiboyeva ayni maqsadda Navoiy viloyatida xizmat safarida boʻlib turibdi. 

Unda Karmana tumanidagi Mirsaid Baxrom mahalla yettiligi bilan uchrashib,  “Xorijga ish — mahalladan” tamoyili asosida qonuniy tarzda xorijga vaqtincha yuborish, sohadagi yangiliklar va joylarda ishni to‘g‘ri tashkil qilish  bo'yicha, mas'ullarga tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berdi.

Jarayon davomida  vazir o‘rinbosari xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirib qaytgan fuqaro Aziz Ro'ziyev xonadonida bo'ldi. Uchrashuvda fuqaro hokim yordamchisining tavsiyasi asosida oilaviy tadbirkor doirasida imtiyozli kredit olib, berilgan imkoniyatdan oqilona foydalangan holda o'z  tadbirkorligini yo'lga qo'yganligi va shu orqali oilasi daromadini oshirayotganligini ta'kidlab o'z minnatdorchiligini bildirdi. 

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati