Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Mehnat_yarmarkasi # Aholi bandligi ta'minlanmoqda

error

2024-04-23

📝 Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo'lgan fuqarolarni hamda xorijdan qaytib kelgan shaxslarni bandligini ta'minlash maqsadida, Navoiy shahridagi  "Ishga marhamat" monomarkazda ichki va tashqi mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi.

✅ Unda Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri o'rinbosari Ra'no Turdiboyeva ishtirok etib, jarayonlarni kuzatib bordi.

✅ Yarmarkada Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Navoiy viloyat filiali tomonidan https://xorijdaish.uz/ platformasidagi bugungi kundagi 6 ta xorijiy davlatdagi 296 ta ish beruvchilarning 50 mingga yaqin bo'sh ish o'rinlari ko'rsatib berildi, shuningdek, shahar hududidagi 20 ga yaqin korxona va tashkilotlar o'zlarida mavjud 80 ta bo'sh ish o'rni bilan ishtirok etdi.

✅  Jarayon davomida xorijda ishlash istagida bo'lgan 17 nafar fuqaro  ro'yxatdan o'tishdi, 34 nafar fuqarolarni Navoiy shaharidagi korxona va tashkilotlarga doimiy ishga joylashtirilib, bandligini ta'minlashga erishildi.

✔️Bu kabi amaliy ishlar, kelgusida oilalar faravonligi uchun xizmat qiladi.

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati