Yangiliklar
Yangiliklar
2024-04-25
✔️ Qonunchilikka ko'ra, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida, tadbirkorlar tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda, 2025 yil 1 yanvargacha:
✅ tadbirkorlar ushbu fuqarolarga kamida 1 yil davomida har oy mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 1 baravari miqdoridan kam bo'lmagan ish haqi to'lab, bandligini ta'minlagan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda, mol-mulk solig'i va yer solig'idan imtiyoz beriladi;
✅ fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining
1 baravaridan kam bo'lmagan miqdorda hisoblanganda, oylik ish haqi bo'yicha to'langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i respublika byudjetidan ish beruvchiga (har bir ishchi uchun BHMning 2 baravarigacha) qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan holda qo'llaniladi. (https://lex.uz/docs/6493069)
🌐Bosh boshqarma axborot xizmati