Yangiliklar
Yangiliklar
2024-05-01
Navoiy shahrida nogironligi bo'lgan shaxslar uchun "Teng huquqlar - teng imkoniyatlar!" shiori ostida mehnat yarmarkasi tashkil etildi
✔️ Yarmarkada viloyat markazida faoliyat yurituvchi 34 ta korxona va tashkilotlar o’zlaridagi mavjud bo’lgan 110 ta bo’sh ish o’rinlari bilan qatnashdi. Shuningdek, yarmarka qatnashchilariga kasb-hunarga o‘qishi hamda o‘zini o‘zi band qilishlari uchun imtiyozli kredit va subsidiyalar olish tartibi haqida ma’lumot berildi.
🔹 Tadbir davomida 11 nafar nogironligi bo'lgan fuqarolarga doimiy ishga joylashish uchun yo’llanmalar berilgan bo’lsa, 3 nafari esa “Ishga marhamat” Monomarkaziga kasb-hunarga o’qish uchun yo'llanma ajratildi.
🌐Bosh boshqarma axborot xizmati
Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing