Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Koreyada avtomobilsozlik yoʻnalishi boʻyicha yiliga 3 000 nafar ishchiga talab bor

error

2024-05-06

Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev hamda Koreya Respublikasining Avtomobilsozlik sanoati uyushmasi raisi Kwak Yong Chol oʻrtasidagi uchrashuvda maʼlum qilindi.

Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasida tashkil etilgan mazkur muloqotda ushbu davlat provinsiyalaridagi avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish uyushmalari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda mezbonlar ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini e'tirof etib, mehnat munosabatlari bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlikdan mamnun ekanini bildirdi.

Muloqotda Koreya avtomobilsozlik sanoati uyushmasi tarkibida 6 800 ta korxona mavjud boʻlib, unda 48 000 nafar xodim faoliyat olib borayotgani qayd etildi. Koreyaliklar ushbu tarmoqda yana yiliga 3 000 nafar ishchiga talab borligini aytib, bu boʻyicha Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilish istagida ekanini maʼlum qildi. 

Samimiy va do'stona ruhda o'tgan uchrashuv yakunida avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish yoʻnalishida ishlash istagidagi yurtdoshlarimizni qisqa fursatlarda ushbu yangi loyihaga qamrab olishga kelishib olindi.