Yangiliklar
Yangiliklar
2022-07-27
Joriy yilning 27-iyul kuni Oʼzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid Davlat siyosati toʼgʼrisida”gi Qonuni va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi 92-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Navoiy shahar ABKM tomonidan Navoiy shahri "Ishga marhamat" Monomarkazida "Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi o'tkazildi.
Mehnat yarmarkasida 45 ga yaqin korxona va tashkilotlar o'zining jami 112 dan ortiq bo'sh ish o'rinlari bilan faol ishtirok etdilar. Yarmarkada qatnashgan fuqarolar korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan "Bo'sh ish o'rinlari" haqidagi ma'lumotlar bilan tanishdilar. 14 nafar ishsiz fuqarolarga ishga joylashish uchun yo'llanmalar berildi.
Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing