Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Qanday hollarda xodimning ruxsatisiz ish haqidan ushlab qolinadi?

error

2024-05-22

Qanday hollarda xodimning ruxsatisiz ish haqidan ushlab qolinadi?

▪️soliqlar va yig‘imlarni undirish uchun;

▪️sud qarorlarini va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish, shuningdek vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarish uchun;

▪️ish haqi hisobiga berilgan bo‘nakni ushlab qolish, boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tganligi munosabati bilan xo‘jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga berilgan, sarflanmagan va o‘z vaqtida qaytarilmagan bo‘nakni ushlab qolish uchun; 

▪️xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan oshmasa;

▪️ish beruvchi tomonidan xodimga qo‘llangan jarimani undirish uchun;

▪️xodim qaysi ish yili hisobiga ta’til olib bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha yil tugaguniga qadar mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlab berilmagan kunlari uchun.

👉batafsil  (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6264095)

Har bir to‘lov chog‘ida ish haqidan ushlab qolingan mablag‘larning umumiy summasi xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining 50 foizidan oshishi mumkin emas. (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6264112)