Yangiliklar
Yangiliklar
2022-07-23
Bugun 2022 yil 23 iyul kuni Bandlik Bosh boshqarmasi boshligʼi E.Аvezov rahbarligida Xatirchi tumanining Oltinsoy MFY hududida yashovchi fuqarolar murojaatini o'rganish, shuningdek, muammolarni tegishliligicha hal qilish maqsadida sayyor qabul oʼtkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ishga joylashish, jamoat ishlariga jalb qilish, kasbga oʼqitish hamda subsidiya masalalarida 30 dan ortiq murojaatlar ko'rib chiqildi. Murojaatlarning aksariyati joyida oʼz yechimini topdi. Fuqarolar ishga joylashtirildi hamda haq to'lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi. Qolgan murojaatlar tegishliligi boʼyicha korxona muassasa rahbarlariga yoʼnaltirildi.
Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing