Yangiliklar
Yangiliklar
2024-05-24
Aholi bandligini ta'minlash borasidagi amaliy ishlar
📎 Bugun xabar berganimizdek, Navoiy shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida ishsiz va ishga muhtoj fuqarolar, Migratsiyadan qaytgan fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari" mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi.
📝 Mazkur yarmarkada 15 ta korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud 77 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdilar. Yarmarkada ishtirok etgan 85 nafar fyqaroning 9 nafari doimiy ishga joylashtirilib,
12 nafariga "Ishga marhamat" monomarkaziga kasb-hunarga o'qishi uchun yo'llanmalar ajratilib, qolgan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
✏️Shuningdek, yarmarka davomida sayyor uchrashuv tashkil etilib, fuqarolarning muammo va takliflari tinglandi, murojaatlar yechimi bo'yicha tegishli mas'ullarga ko'rsatmalar berildi.
🌐Bosh boshqarma axborot xizmati