Yangiliklar
Yangiliklar
2024-05-25
Mazkur hududning iqtisodiyot, bandlik va ta’lim vazirliklari vakillari ishtirokidagi uchrashuvda shu yilning o‘zida mamlakatimizdan dastlabki 28 nafar nemis tili o‘qituvchisini Germaniyaga yuborib 2 oy davomida malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi. Mutaxassisalar tajriba to‘plab qaytganidan so‘ng ularni vazirlik huzuridagi "Ishga marhamat" monomarkazlariga jalb etish orqali nemis tili kurslari sonini ko‘paytirish rejalashtirilmoqda. Bu uzluksiz davom etadi.
Yurtimizdagi nemis tili mutaxassislarining Germaniyada ta'lim olishi hamda hamyurtlarimizning ushbu davlatda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borishida O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi yaqindan yordam berayotganligi alohida qayd etildi.
Muzokaralar davomida fuqarolarimizni korxonalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga jalb qilish va yoshlarni dual ta’lim tizimi asosida o‘qitish masalalari o‘rtaga tashlandi va mazkur loyihalarni tez fursatlarda hayotga tatbiq etishga kelishib olindi.