Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Shuningdek, delegatsiya a’zolari Halle shahrida bo‘lib, “Günter Papenburg AG” kompaniyasi rahbariyati va u yerda ishlayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashdi.

error

2024-05-25

Bugungi kunda ushbu kompaniyada Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi koʻmagi bilan 100 nafar hamyurtimiz metallga ishlov berish, haydovchilik, qurilish materiallarini tayyorlash kabi qator yo‘nalishlarda ishga joylashtirilgan. 

Yurtdoshlarimiz bir vaqtning o‘zida bu yerda yuqori daromadli maosh olayapti, eng asosiysi bilim va ko‘nikmalarini oshirayapti. O‘zbekistonga qaytganlarida esa o‘zlarining tajribalarini amalda qo‘llash imkoni paydo bo‘ladi.

 Vazir yurtdoshlarimizning mehnat va yashash sharoitlari hamda ish jarayonlari bilan qiziqdi, ularning fikrlarini tingladi. Hamyurtlarimizning oʻziga boʻlgan ishonchi juda yuqori. Qishlogʻi, mahallasi, mamlakat taqdiriga befarq emas. Ularning har biri Germaniyada ilg‘or tajribalarni o‘rganib, O‘zbekistonga yuqori malakali mutaxassis sifatida qaytish va yangi loyihalar ustida ishlash istagini bildirmoqda.

“Günter Papenburg AG” kompaniyasi 1963-yildan beri ekspeditorlik, qurilish, beton mahsulotlarini ishlab chiqarish, metallga ishlov berish va chiqindilarni utilizatsiya qilish kabi sohalarda muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda.