Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#2024_yil_1_iyundan

error

2024-05-28

#2024_yil_1_iyundan

 🔰 Qonunchilikka ko'ra, mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan  xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming so'mdan subsidiya to'lanadi.

✔️ Bundan byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yuridik shaxslar mustasno.

➡️ Bunda:

🔹 subsidiya 2024 yil 1 iyundan 2026 yil 1 yanvarga qadar ishga qabul qilingan shaxslarga nisbatan to'lanadi;

🔹 mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs bilan tuzilgan va Yagona milliy mehnat tizimida ro'yxatdan o'tkazilgan mehnat shartnomasi subsidiya to'lash uchun asos bo'lib hisoblanadi;

🔹 mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar deb xorijda 3 va undan ortiq oy mobaynida mehnat faoliyati bilan shug'ullanib, yashash manziliga qaytib kelganligiga bir yildan ko'p vaqt bo'lmagan shaxslar tushuniladi.