Yangiliklar
Yangiliklar
2024-05-30
#2024_yil_1_iyundan
🔰 Qonunchilikka ko'ra, “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambag'allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan shaxslarga ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy etiladi.
➡️ Bunda:
🔹 ipoteka kreditlari 120 million so'mgacha miqdorda,
20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan to'rt foiz bandga yuqori stavkada yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruktsiya qilish va ta'mirlash maqsadlari uchun ajratiladi;
🔹 ipoteka krediti bo'yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun – ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to'lovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to'lanadi.
Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing