Yangiliklar
Yangiliklar
2024-06-07
Xalqaro Mehnat Tashkilot (XMT)ning statistik ma’lumotlariga ko‘ra ishsizlar soni pandemiyagacha bo‘lgan darajadan pastga tushdi. 2023-yilda global ishsizlik darajasi 5,0 foizni tashkil etdi, bu 2022-yilga nisbatan (5,3 foiz) biroz yaxshiroq. 2024 va 2025-yillarda mazkur ko‘rsatkich 4,9 foizni tashkil etishi taxmin qilinmoqda.
XMTning metodologiyasiga ko‘ra ishsizlik bu- biror bir mamlakatda iqtisodiy faol aholining bir qismini tashkil etuvchi, ishlashga qodir, lekin ish topa olmayotgan odamlarning mavjudligidir.
O‘z navbatida yollanma ishchi va o‘z-o‘zini band qilganlar ishsizlar safiga kirmaydi. Xalqaro mehnat tashkiloti ma’lumotlarning xalqaro qiyoslanishini ta’minlash uchun 15 yoshdan oshgan barcha odamlarni mehnatga layoqatli yosh deb tasniflashni tavsiya qiladi. Shu bilan birga, har bir davlat mehnat qobiliyatining yosh mezonlarini mustaqil tanlash huquqiga ega ekanligi ta’kidlangan.