Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

"YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI BIRLASHAYLIK!!!"

error

2024-06-10

📝 Yurtimizda 30-iyun–yoshlar kuni sifatida keng nishonlanishi xayrli an'anaga aylandi. Bu bayram zamirida Yangi O'zbekiston yoshlarining porloq kelajagiga qaratilayotgan ulkan e'tibor va g'amxo'rlik mujassam. Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik shiori ostida yoshlar festivali viloyatimizda uyushqoqlik bilan boshlandi.

✅ Xususan, Navbahor tumani "Keskanterak" MFY da ham Yoshlar oyligi viloyatimizda xarbiy vatanparvarlik, intelektual o'yinlar, sport-salomatlik, madaniyat, san'at va turizm haftaliklariga bo'lingan holda tashkil etildi.

✅ Ushbu tadbirda tuman hokimi Azamat O'roqov hamda viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi  boshlig'i L.Xayrullayev ishtirok etdi. Aholiga bayramona kayfiyat ulashish ularda shukronalik hissini oshirish maqsadida bir piyola ustida uchrashuv bo'lib o'tdi.

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati